Ota -onalar uchun uyga vazifa (Yangi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlar)

Главные вкладки

Ma'lumki, bugungi kunga kelib, axborot texnologiyalari rivojlandi. Mazkur rivojlanish o'zi bilan birga insoniyat uchun ijobiy taraflarga ega bo'lsada, uning salbiy taraflari ham borligini hech kim inkor eta olmaydi. Va yil sayin farzandlarimizning hayotiga befarq bo'lmasligimiz lozimligi aniq bo'lib qolmoqda. Sababi, internet tarmog'ida o'sib kelayotgan avlodga o'z ta'sirini o'tkazmoqchi bo'lgan kuchlar borligi hech kimga sir emas. Bugun sizlar uchun, sinf rahbarlari tomonidan ota-onalarga "Uyga vazifa" qilib berilishi lozim bo'lgan "Ma'rifat" gazetasidan ilovani taqdim qilmoqchiman.
Hurmatli ota-ona!
Sizga "Ma'rifat" gazetasining 2017 yil 15 martdagi 21-sonida berilgan quyidagi maqolani uyga vazifa qilib bermoqdamiz. Sizdan ushbu maqolani oila a'zolaringiz bilan o'qib chiqib, 2017 yil 27 mart kuni farzandingizdan fikr-muloxazalaringiz yozilgan daftarni berib yuborishingizni so'raymiz.