Ota-ona bilan muomala qilishdagi o‘ttiz besh odob

 Aziz o’quvchilar!

Bugun siz uchun ajoyim baslahatlarni taqdim qilmoqchiman. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan mazkur maslahatlar sizga foydali bo’ladi va ma’naviy dunyoingizni boyitadi degan umiddaman.

«Ota – ona bilan muomala qilishdagi o’ttiz besh odob»

1) Huzurlarida qo‘l telefonlarini o‘chirib qo‘yish.
2) Gapirayotganlarida jim turish.
3) Ra’ylarini qaytarmaslik. 
4) Gaplarini ma’qullab turish.
5) Ularga o‘zini hokisor tutib qarash.
6) Ularga doim maqtov,madh aytib turish.
7)Ularga hursandchilik xabarlarini ulashish.
8) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.
9)Ular yaxshi ko‘rgan kishilarni va do‘stlarini maqtash.
10) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.
11) Agar qayta-qayta gapirsalar ham, gaplarini tasdiqlab ko‘ngillarini ko‘tarib turish.
12) O‘tmishdagi alamli o‘rinlarni zikr qilmaslik.
13) Ortiqcha gaplardan chetlanish.
14) Oldilarida hurmat saqlab o‘tirish.
15) Fikrlarini past va noqis sanamaslik.
16) Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik.
17) Yoshlarini hurmat qilish va nabiralari bilan ularni bezovta qilmaslik.
18) Oldilarida nabiralarini jazolamaslik.
19) Hamma nasihatu-fikrlarini qabul qilish.
20) Huzurlarida ularga ehtirom ko‘rsatish.
21) Ularga ovozni ko‘tarmaslik.
22) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.
23) Taomga ulardan oldin qo‘l uzatmaslik.
24) Ularga tikilib qaramaslik.
25) Ular bilan faxrlanishlik,agar ular shunga loyiq ish qilishmagan bo‘lsa ham.
26) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.
27) So‘kilishlariga sabab bo‘lmaslik.
28) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish.
29) Oldilarida charchoq va xafalikni zohir qilmaslik.
30) Ularda sodir bo‘lgan xatolarga kulmaslik.
31) O‘zlari talab qilishlaridan oldin, xizmatlarini bajarish.
32) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish va ularga g‘azab qilmaslik.
33) Ular bilan gaplashganda chiroyli so‘zlarni tanlab ishlatish.
34) O‘zlariga yoqadigan ismlar bilan murojaat qilish.
35) Ularni hamma narsadan va hamma odamlardan ustun qo‘yish

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA