O'quvchini o'zgartira olgan o'qituvchi - Ibratli hikoya

Главные вкладки

Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga etdi. Sabab: sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan. Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator bayni berdi va:

- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.

Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini,  fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:

- Kim hozirgi she’rni yodlab qola oldi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.

Faqat o‘sha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:

- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu holatda hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u haqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilish yasadi.  O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi.

Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan ham a’lo baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni ham maqsad qildi.

U o‘qituvchisi haqida yozarkan: «Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni his qiladi. Hayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.

 

Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni  ruhan ezishdan, o‘zgalar oldiga yerga urishdan, azob berishdan rohat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi» dedi.