O'quvchilar uchun tanlov

Главные вкладки

 "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti tashabussi bilan 8- mart – "Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan "Onajon mo’tabar” loyihasi tashkil etib kelinmoqda.
Loyiha doirasida:
—"Onamga sovg’a” ijtimoiy tarmoqlarda rasmlar tanlovi;
—"Onajonim mo’tabar” tashkilot sardorlari va faollarining onalariga bayram dasturi;
—Saxovat uylari, mahallalardagi yolg’iz, keksa onalar holidan xabar olish;
—Kasalxonalar va shifoxonalardagi qariya-onaxonlarga bayram kayfiyati ulashish;
—Harakat va uning qoshidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qutlash.
Bu yil ham loyiha an’anaga ko’ra 1-10-mart kunlari tashkil etiladi. Barcha yoshlarni loyiha doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Ma’lumot uchun telefon: (95)170-90-26