O'qituvchining dilidagi gaplari

Главные вкладки

Yaqinda xorij gazetalaridan birining "Muxbirga xat" ruknida bir maqolaga ko'zim tushdi. Unda ta'lim sohasida  ba'zi bir maktablarning bilim berish darajasi sust ekanligining asosiy omili o'qituvchimi degan mavzu muhokama qilingan edi. Maqolani sinchiklab o'qir ekanman ushbu masala asr muammosiga aylanib ulgurganiga yana bir karra iqror bo'ldim. O'zim ham maorif sohasida 12 yildan buyon ishlayotganimga qaramasdan o'qituvchilarga o'qitish jarayonidagi muvaffaqiyat qay darajada bo'lishidan qat'iy nazar har hil ma'nodagi ta'na dashnom toshlarining otilishi ommalaship borayotganining guvohi bo'lmoqdaman. Muammoning negizi o'rta va oliy ta'limda o'quvchilarning bilim olishga nisbatan loqayd munosabatlaridir. Men bu loqaydlikni nafaqat o'quvchilarda balki ota onalarda ham mavjud ekanini hech bir shubhasiz ayta olaman. Hayotida biror marta ota ona sifatida maktabdagi jarayon bilan tanishmasdan turip, ushbu maskan haqida kurakka sig'mas gaplarni tarqatayotgan ota onalarning o'zini maktab partalariga o'tkizgan holda qayta tarbiyalash har bir pedagogning orzusi ekaniga shubham yo'q! Aytmoqchimanki, muammo o'qituvchilar emas, balki OTA ONALARDIR!   Yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda  barcha mas'uliyatni o'qituvchi zimmasiga yuklab bo'lmaydi.  Chunki bola tarbiyasi uzluksiz jarayon hisoblanadi. U o'zining asosiy vaqtini oila davrasida ota ona nazorati ostida o'tkazishi inkor etib bo'lmaydigan omildir. Ota onalar farzandlariga oddiygina o'zni tutish, hurmat, boshqalar bilan kelishib ishlash kabi kundalik turmushda kerak bo'lishi muqarrar umumiy odob ahloq qoidalarini o'rgatmay qo'yganlar. O'quvchi maktabga kerak bo'lsa o'qituvchining butun maoshi bilan teng oyoq kiyimda keladi, ammo oddiygina daftar yoki qalam kabi o'quv qurollari yonida yo'q. Oqituvchi o'zining shaxsiy puliga olgan daftar va boshqa oquv qurollari bilan bolani ta'minlaydi.          Maktabning reytingini baholayotgan vaqtda siz birinchi navbatda ota onalar majlislariga e'tibor bering. Nechta ota ona qatnashyapti? Har bir sinfda o'rtacha hisobda 30 ta oquvchi mavjud bo'lsa ulardan nechtasining ota onasi kelmoqda yoki o'qituvchilar bilan  muntazam muloqotda bo'lib farzandining muvaffaqiyatlari, mag'lubiyatlari, nimjon tomonlari haqida qiziqmoqda? Ota ona farzandi maktabga ketayotganida kerakli o'quv qurollarni olishini nazorat qilmoqdami? Har bir fandan berilgan uy vazifalari va topshiriqlarni vaqtida bajarishini nazorat qilmoqdami? Ota ona bilan kerak vaqtida bog'lanish mumkin bo'lgan, ishlaydigan telefon raqam qoldirganmi? O'quvchi dars jarayonida har bir o' tilgan mavzuni o'zlashtirish maqsadida yozma qaydlar olib borayotganini nazorat qilmoqdami? Darsda farzandi o'qituvchiga quloq solib o'tiradimi yoki qolgan o'quvchilarga halaqit bermoqdami? Ushbu savollarga asosan o'qituvchi emas ota ona javob berishi kerak emasmi? Ushbu omillarga chuqurroq yondashadigan bo'lsak, maktablar yoki o'qituvchilar emas, balki ota onalar mag'lubiyatga uchramoqdalar. Bundan ham achinarlisi ularning reytingi tuwip bormoqda. O'qituvchi maktabdagi o'quvchilarni o'qitsinmi yoki ularga ota onalik qilsinmi? Agar ota ona o'z vazifasini muntazam ravishda bajarsa, o'qituvchi ham o'z vazifasini bajarishga vaqt ham kuch ham topa oladi. Va faqatgina shu holat ta'lim sohasida ko'zlangan natijaga erishishimizda olg'a qadam bo'ladi!                       

           

 Farida Turgunova, 121-maktab

 Mirzo Ulug'bek tumani, Toshkent.