O'qituvchilar eng ko'p maosh oladigan 17 mamlakat

Главные вкладки

 

O'qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog'liq bo'lgan xalqning savodli bo'lishi uchun poydevorni aynan o'qituvchilar qo'yishadi.

Ayrim mamlakatlarda o'qituvchilarning davlat rivoji uchun qo'shayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to'lanadi. Quyida o'qituvchilar yiliga eng ko'p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.

17. Frantsiya —31,421.49 dollar

Frantsiyada école maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta'limdan keyin majburiy ta'lim tizimi uchta: école, collège va lycée bosqichlariga bo'lingan.

16. Portugaliya — 32,563.75 dollar Portugaliyada maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha bo'lgan davrda ta'lim olish uchun davlat yoki xususiy ta'lim muassasasidan birini tanlash mumkin.

15. Kosta-Rika — 33,519.29 dollar Kosta-Rikada o'quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o'quvchilari bir xil libosda yurishlari shart.

14. Shvetsiya — 36,766.81 dollar Shvetsiyada majburiy maktab ta'limi to'rt: maktabgacha, kichik, o'rta va katta ta'lim bosqichlariga bo'linadi.

13. Avstriya —37,122.44 dollar Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etilgan.

12. Finlyandiya — 37,728.28 dollar Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to'lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.

11. Kanada — 39,071.90 dollar Bu erda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo'lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta'lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.

10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar Niderlandiyada asosiy ta'lim tili golland tili bo'lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta'lim berishga o'tmoqda.

9. Avstraliya — 40,762.47 dollar Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.

8. Ispaniya — 41,886.99 dollar 2008 yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori o'rinda turadi.

7. Meksika — 42,816.51 dollar Meksikada aksariyat bolalar boshlang'ich maktabga borishadi, ammo 2011 yilda atigi 62 foiz bola o'rta maktabga kirgan.

6. AQSh — 43,556.76 dollar 2011 yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta'lim muassasasiga qatnagan bo'lsa, Yevropada bu ko'rsatkich 90 foizni tashkil etgan.

5. Daniya — 46,784.11 dollar Daniyada ta'lim olish bepul bo'lib, bu erda 9 yillik majburiy ta'lim joriy etilgan.

4. Norvegiya — 47,313.23 dollar Norvegiyada emigrantlarning farzandlari uchun ta'lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko'rsatadi.

3. Germaniya — 61,418.47 dollar Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o'qishadi.

2. Shveytsariya — 69,704.74 dollar Shveytsariyada 26ta kanton majburiy ta'lim tizimi uchun mas'ul hisoblanadi.

1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar Lyuksemburgda ta'lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va frantsuz tillarida olib boriladi.

 

Taqqoslash uchun: O'zbekistonda maktab o'qituvchilarining o'rtacha oylik maoshi 2018 yil 1 sentyabrdan 1 mln 749 500 so'm (222,5 dollar, yiliga 2670 dollar)ni tashkil qiladi. 2019 yil 1 yanvardan esa ularning maoshini 2 mln 501 ming so'mga (318,1 dollar, yiliga 3817 dollar) etkazish ko'zda tutilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Qirg'izistonda maktab o'qituvchilarining maoshi 13600-13800 somni (199,6-202,5 dollar, yiliga 2395-2430 dollar), Tojikistonda 1051 somoniyni (111 dollar, yiliga 1332 dollar), Qozog'istonda 120-130 ming tengeni (320-347 dollar, yiliga 3840-4164 dollar) tashkil etadi.

 

Manba: Xalq ta'limi xodimlari kanali