O'glim bergan tarbiya - "Bismillah" deyish

Главные вкладки

Ota -ona bo'lganimizdan so'ng farzandimizga o'zimizning yaxshi tarafimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Uning tarbiyasi haqida qayg'urib o'zimizning yomon illatlarimizni yashiramiz va yaxshi odatlarimizni unga o'rnak qilib ko'rsatamiz. Men ham shunday otalardan biriman. 5 yoshli farzandimning tarbiyasiga qo'limdan kelgancha ta'sir ko'rsatishga harakat qilamn. Kunlarning birida o'g'limga "ovqat yeyishdan avval Bismillah degin" deb tushuntirdim. Shu kundan boshlab o'g'lim taom yeyishdan avval "Bismillah" deb qo'yadigan bo'ldi. Lekin buni qarangki ustoz deganlari ba'zida shogirdiga o'rgatganini o'zi esidan chiqarib qo'yar ekan. Ba'zida oilam bilan ovqatlanishni boshlayotganimizda "Bismillah" deyishni o'zim yodimdan chiqarib qo'yaman. Shu vaziyatda farzandim "dada Bismillah dedingizmi?" deb menga eslatib qo'yadi. Men ham sir bermaslik uchun "Ha o'g'lim" deb qo'yaman. Shunday vaziyatlarda o'z o'g'lim menga ba'zida ustoz bo'lib qolayotganiga hayron bo'laman. Yaxshiyam farzandimdek kichik ustozim bor deb hursand bo'laman, Yaratganga shukr qilaman.

Nasim Sadikov