O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘i

Category: 

 

"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil

5 martdagi 140-son "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2017 yil

10 martdagi 78-sonli "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari rahbarlari:

mazkur buyruqning barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga etkazib berilishini ta’minlash;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlariga mazkur buyruq bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari yuklatilsin.

3. Axborot xizmati (B.SHayvaliev) va "ZiyoNET” resurs markazining vazirlikdagi bo‘limi (U.Taylaqov) ga mazkur buyruqni vazirlikning rasmiy veb-sayti (uzedu.uz) va ZiyoNET.uz axborot ta’lim portaliga 2017 yil

10 apreligaqadar joylashtirish tavsiya etilsin.

4. "Ma’rifat” va "Uchitel Uzbekistana” gazetalari (A.Rahimov) ga mazkur buyruqni zudlik bilan chop etish tavsiya etilsin.

5. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari B.Daniyarov zimmasiga yuklatilsin.

Vazir U.Inoyatov

 

Toshkent sh.,

2017 yil 30 mart

97 - son
 Quyida mazkur buyruqni va unga ilovani ko'chirib olishingiz mumkin: 333555.doc

Добавить комментарий

CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.