Nega ingliz tili xalqaro til bo’lib qoldi?

Hozirgi kunda 7 – 10 ta til xalqaro til sifatida tan olingan. Lekin ularning orasida eng mashhuri va birinchi o’rinda turadigani bu Ingliz tilidir. Bunday bo’lishiga bir nechta sabablar bor. Quyida ularning eng muhim sabablarini ko’rib chiqamiz: 

1. Buyuk Britaniyaning tarixiy davri. Tarixdan ma’lumki, Angliya o’zi mag’lub qilgan va o’z mustamlakasiga aylantirgan davlatlarga ingliz tilini “olib keldi. Ulardan: Malta, Hindiston, Misr, Sudan, Kanada, Avstraliya va ko’pgina boshqa davlatlardir. XIX asrda Buyuk Britaniya kuchli hukmron davlat sifatida 100 yil mobaynida o’zi tomonidan bosib olingan davlatlarga ingliz tilini targ’ib etdi.

2. AQSHning iqtisodiy ta’siri.
Yuqorida aytilganidek XIX asrda Buyuk Britaniyaning ta’siri tufayli ingliz tili dunyo bo’ylab yoyildi. XX asrda esa ingliz tili AQSHning butun dunyoga iqtisodiy ta’siri orqali ingliz tili yanada ommalashdi.

3. Globallashuv va “amerikanizatsiya”. Ingliz tilining bunchalik mashhur bo’lib ketishining muhim sabablaridan biri “amerikanizatsiya” tushunchasining globallashuvi bo’ldi.

4. Tilni egallash. Ingliz tili 400 million odam o’rtasida ona tili sifatida va milliarddan ortiq odam o’rasida 2-til sifatida muomalada qo’llaniladi. Umumiy hisobda dunyoda 1.4 milliard odam bu tilda so’zlashadi.

5. Oddiylik. Boshqa xalqaro tillarga nisbatan ingliz tili o’zining oddiy tuzilmasi bilan bemalol maqtansa bo’ladi. Bu ham uning bu qadar keng ommalashishiga bir sababdir.

Homeenglish.ru saytining ma’lumotlaridan foydalanildi.

Tarjima qildi va tayyorladi: Sadikov Nasim

Izoh qoldiring

CAPTCHA
This question is for testing whether or not you are a human visitor and to prevent automated spam submissions.