Konstitutsiya tadbir ssenariylari

Главные вкладки

Konstitutsiya ssenariylarini PDF va DOC formatlarda yuklab olishingiz mumkin. 

Vatanimning nomini

Aytar birinchi modda.

O’qib, o’rgansak uni,

Muhabbat ortar qalbda.

 

—Moddaning to’rtinchisin

Ulug’ tilim tasdiqlar.

Ajdodlarim orzusi,

Ko’zlarimda charaqlar.

 

—Vatanimning bayrog’i,

Dilginamning qarog’i.

Madhiya hamda gerbim,

Porloq yo’lim chirog’i (5-modda).

 

—Azimdir Toshkent shahri,

Juda keng saxiy bag’ri.

Udir Vatan yuragi,

Ulug’ xalqim tilagi (6-modda).

 Kundalik.com da uy ishi bilan muammoga duch kelganda

— Burchlarimizdan so’zlar,

Bilsang, o’n birinchi bob.

Burchimni anglashimda,

Qomusim misli oftob.

 

— Huquq, erkinlik haqda,

18-, 21-, va 31-modda.

O’qib, oʻqib, o’rganib,

Amal qilamiz, albatta.

 

— Bo’lmoq yaxshidir mulkdor,

Ham fermeru chorvador.

Ko’chmas mulkning egasi,

Tadbirkorlar sarasi (36-modda).

 

—O’ttiz yettinchi modda

Mehnat qilish haqida.

Har kirn sevsa kasbini,

Egalikgay baxtini.

 

—  O’ttiz to’qqizinchi modda

So’zlaydi ta’minotdan.

Har bir inson keksaygach,

Mamnun bo’lar hayotdan.

 

— Tibbiy xizmat doimo

Kerak har bir kishiga.

Sog’lom tanda sog’ aql,

Unum berar ishiga (40-modda).

 

— Bepul bilim olamiz,

Hur Vatanim qo’ynida,

Vatanga xizmat qilish —

Har o’g’il, qiz o’yida (41-modda).

 

—  Atrof-muhitni saqlash,

Barchaning teng burchidir.

Uni asrab-avaylash —

Vijdonlining ishidir (50-modda).

 

—Milliy boyligimizni

Qadriga yetmoq kerak.

Yer, suv, o’simlik bari

Elimga doim kerak (55-modda).

 

—Oila —jamiyatning

Asosiy bo’g’inidir.

Oltmish uchinchi modda

Shu bo’g’in talqinidir.

 

— Oltmish oltinchi modda

Farzandiik burchin so’ziar.

Har soniya, soatda

Insoniyiikni ko’zlar.

 

—Yetmish oltinchi modda,

Yurtim oliy organi –

Oliy majlis haqida,

Qunt bilan o’rgan uni.

 

— Yuz yigirma beshinchi,

Moddani anglash kerak.

Ozod, hur Vatan uchun

Dovyurak o’g’lon kerak.

 

 button

8-Dekabr Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbir ssenariysi

8-Dekabr Ssenariysi

Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

Konstitutsiya baxtimiz qomusi

Konstitutsiya baxtimiz poydevori

8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ssenariy

8-dekabr-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi