Ingliz tilini qanday qilib noldan o’rgansa bo’ladi? O’rganishning turli xil usullarini afzalliklari va noafzalliklari.

Bu savolga ingliz tilini egallashga bel bog’lamoqchi bo’lgan deyarli barcha javob topmoqchi bo’ladi.

Hop, ingliz tilini hech qanday boshlang’ich bilimga ega bo’lmasdan qanday qilib egallasa bo’ladi? Bu savolga javob topish juda mushkuldir. Lekin, quyida sizga tilni o’rganish uchun bir nechta variantlar taqdim etiladi. Keling, variantlarni afzalliklari va noafzalliklarini ko’rib chiqamiz.
1. Repetitor bilan shug’ullanish.

Afzalliklari:

  • Yaxshi repetitor siz uchun muhim bo’lgan bilimni qisqa vaqtda bera oladi;
  • Siz uchun individual yondashuv bo’ladi;
  • Siz doim istagan savolingizni berishingiz mumkin va tushunarsiz mavzularingizni yaxshilab so’rab olishingiz mumkin.

Noafzalliklari:

  • Bu tekin emas;
  • Tajribali repetitorga to’lov ham shunga yarasha bo’ladi.

2. O’quv markazida guruh bilan shug’ullanish.
Afzalliklari:

  • Agar guruh o’qituvchisi tajribali bo’lsa u sizga kerak bo’lgan bilimni qisqa muddatda bera oladi;
  • Sizda guruhdagilardan qolib ketmaslik uchun raqobat hissi bo’ladi. Bu ham siz uchun foydali holat.

Noafzalliklari:

  • Bu pullik, lekin shaxsiy repetitordan arzonroq;
  • Ayrim hollarda siz guruh o’qituvchisidan savol so’rashga iymanasiz yoki bir hil mavzuni bir necha martalab o’tasiz;
  • O’quv markazi uydan uzoqroqda joylashgan bo’lishi mumkin;
  • Kurs vaqti sizning ish vaqtingiz bilan to’g’ri kelmasligi mumkin.

3. Mustaqil holatda o’rganish.

Afzalliklari:

  • Agar shijoat bilan shug’ullansangiz, yaxshi natijaga erishasiz;

  • Bu bepul;
  • Dars vaqtini ozingiz tanlaysiz.

Noafzalliklari:

  • Mustaqil holda til o’rganish yetarlicha mushkul;

  • Kuchli motivatsiya kerak.

Yana bir narsani qayd qilish lozim. Yuqoridagi uslublarni qaysi birini tanlamang, har bir holatda til o’rganish uchun siz tomingizdan 100% bag’ishlov talab etiladi. Ingliz tilini o’rganish qiyin va boshlash davrida qiyinchiliklarga uchraysiz. Ingliz tilini qisqa fursatda o’rganaman deb hom hayol qilmang, sizga buning uchun eng kamida 1 yil kerak bo’ladi.  


Nasim Sadikov

Homeenglish.ru saytining maqolasidan tarjima qilindi.

Izoh qoldiring