Ingliz tili metod birlashmasida navbatdagi seminar

Fevral oyining 9-sanasida "Umid" IDUMIning Ingliz tili metod birlashma o'qituvchilari seminarda qatnashdilar. Maktabimiz direktori Suyarova Sanobar Zarfullayevna mazkur seminarda o'zlarining taqdimotlari bilan qatnashdilar. Kamina ham mazkur seminarda qatnashib o'zim uchun kompetensiyalarni shakllantirish, texnologiyalar va kompetensiyalarni baholash haqida bilim va ko'nikmalarimni shakllantirdim. Direkotorimiz Suyarova Z. o'z bilim va malakalari bilan bo'lishar ekanlar o'z gaplarida ta'lim tizimimizdagi yangiliklar haqida gapirib o'tdilar. Ularning fikrlaricha ta'lim tizimimizdagi asosiy burilish bu barkamol insonni tarbiya qilish emas, yuqori samaradorlik va fikrlash darajasi yaxshi bo'lgan, hayotdagi muammolarni hal qila oladigan insonni tarbiyalashim kerak. Xulosa o'rnida shuni tushunundimki kerakki "Agar o'quvchi olgan bilimini hayotda qo'llay olmasa, u bilimni nima keragi bor?". Mazkur seminardan o'zim uchun yetarlicha ma'lumot oldim deya olaman va malakali direktorimiz Suyarova Sanobar opaga minnatdorchilik bildiraman. 

 

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA