Hukmdorning qaltis rejasi

Yaqindagina Facebook ijtimoiy tarmog’ida bir qiziq hikoyani o’qib qoldim. O’qib juda ta’sirlandim. Ayni bizning kunimiz bilan solishtirib ko’rsak, biz ota – ona sifatida qanchalik o’zgarib ketganimizni anglaymiz. Eh qani edi, Murotga sultondek otalar ko’p bo’lsa. Marhamat, maqolani o’qishingizni maslahat beraman, aziz ota va onalar! 

Fotih Sulton Mehmet bolaligida juda yaramas, to‘polonchi bir o‘quvchi edi. Dars vaqtida qilgan to‘polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinni jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: «Men podshohning o‘g‘liman, hech narsa qilolmaysan», deyishdan ham toymasdi.

Oqshamsiddin podshohga shikoyat etishlikni adabsizlik hisoblab, holatni II-Murotga aytishlikdan tortinar edi. Ammo, vaqt o‘tgani sayin kichik Mehmetning qiliqlari haddan oshib, chidab bo‘lmas holga keladi.
Shundan keyin noiloj podshoh II-Murotning huzuriga chiqadi.

«Podshohim, Sizga aytishim zarur bo‘lgan bir xususiy masala bor. Ammo, aytishdan hayo qilmoqdaman.»

Podshoh:
«Marhamat! Hech tortinmasdan aytaver», deydi.
Bu so‘z Oqshamsiddinni xotirjam etdi. Va hodisani anglata boshladi.
«Podshohim! O‘g‘lingiz – jigarporangiz juda to‘polonchi. Uning dastidan darsimni o‘tolmayapman. Qachon tanbeh bersam, darhol Sizni nomingiz bilan menga tahdid qiladi».

Podshoh bir oz sukut saqlaydi.
Keyin Oqshamsiddinga yaqin kelib, bir narsalarni pichirlab tushuntiradi. Podshohning so‘zlaridan Oqshamsiddin sarosimaga tushadi.
«Bu qanday reja? Buni amalga oshirish mumkin emas!
Oqshamsiddin bu reja xususidagi xavotirlarini oshkor qilishiga qaramay, podshoh, «Bu ish bo‘ladi», deydi».

Ertasi kuni Mehmet darsda yana to‘polonini boshlaydi. Ustozining tanbehiga odatdagidek, otasi bilan tahdid javobini beradi. Ayni shu payt to‘satdan eshik ochilib, podshoh ichkariga kiradi. Bu holatdan g‘azablangan Oqshamsiddin podshohga qarab baqiradi. Bir tarsaki urib deydi: Hech kim dars vaqtida ichkariga bunday tarzda kirishi mumkin emas!
Izn so‘rab kirishi lozimligini aytib, tashqariga haydaydi.

Podshoh mahjub shaklda bo‘ynini egib, uzr so‘raydi va tashqariga chiqadi.
Bu hodisa qarshisida Fotih Sulton tili kalimaga kelmay, nima qilishini bilmay qoladi. Ishongani – podshoh otasi ko‘z o‘ngida tarsaki egan edi. Fotih Sulton Mehmetning ichki dunyosi ag‘dar-to‘ntar bo‘lgandi.

Bir ozdan so‘ng eshik taqillaydi, va podshoh hijolatli holatda ichkariga uzr so‘rab kiradi.

Reja ajoyib shaklda amalga oshgan edi.
O‘sha kundan so‘ng, Fotih Sulton Mehmet aslo yaramaslik qilmadi.
Chunki, ishongan tog‘lariga qor yog‘gan edi…

P. S. Chindan ham farzandlarni tarbiyasini buzadiganlar birinchi navbatda o‘zi tarbiyalanmagan va befarosat ota-onalardir. Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot… yo halokat yo najot masalasidur» deganda naqadar haq edi…

 

 

Facebook ijtimoiy tarmog’idan olindi.

 

 

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA