"Huddi mendek takrorla"(Gugurt yordamida o'quvchilar diqqatini jamlovchi mashg'ulot)

Главные вкладки

Maqsad: Diqqatni shakllantirish
Material: gugurt donachalari
Ko'rsatma: hozir siz qo'lingizdagi gugurt donachalaridan shakllar yasaysiz. So'ng yasagan shaklingizni sherigingizga 1-2 soniya mobaynida ko'rsating. Sherigingiz ham o'z navbatida yodida qolgan shaklni yasaydi.
 Bolalar juft bo'lib mashq qiladilar. Boshlanishida har bir bolada 6 dona gugurt cho'pi bo'ladi. Birinchi bola, boshlovchi, 6 dona gugurtdan o'zi hohlagan shaklni tuzadi. So'ngra o'z hamkoriga 1-2 soniya davomida ko'rsatadi. Hamkori esa, o'z gugurtidan hotirasida qolgan shaklni yasaydi. So'ngra ular o'z rollari bilan almashishadi. Agar vazifa qoniqarli darajada bajarilsa, gugurtlar sonini 12-15 donagacha oshirish mumkin. Bu mashg'ulot orqali nafaqat bolalarning diqqatini bir joyga jamlashimiz, balki ularning kriativ fikrlashlarini rivojlantirishimiz mumkin.