Farzandingizni buyuk shaxs bo'lishini istasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qiling

Kim farzandlarini ruhiy xastaliklardan saqlashni va buyuk shaxsiyat egasi bo‘lishini istasa, quyidagi tavsiyalarga rioya qilsin. Hudo hohlasa yaxshi natijaga erishasiz. 
Farzandlar bilan aloqani mustahkamlash dasturi:
Farzand bilan har kuni 20 daqiqa dostona suhbat (maktabi, oqishi haqida gapirmay va pand nasihatsiz).
Har kuni 5-10 marta ota-ona oz farzandlariga mehr-muhabbat hislarini izhor qilishi.
Har kuni 5 marta farzandning yaxshi axloqi, chiroyli amaliga maqtov aytish.
Har kuni farzandning o‘zini tutishi va ko‘rinishiga maqtov aytish (tabassumi, chiroyli, sog‘lom qadam tashlashi…)
Haftada bir marta farzand bilan uydan tashqaridagi mashg‘ulotni birga bajarish (piyoda yurish, sport bilan shug‘ullanish, avtoulovda sayr qilish…), besh daqiqa bo‘lsa ham.
Hayot asoslarini bolada paydo qilish uchun uyqudan oldin har kuni «Falon yaxshi ishni bajarganingda, o‘zimni juda baxtiyor his qildim», «Ukangga qaraganing – juda katta ish», «Falon kelishuvimizga amal qilganing men uchun faxr» kabilar orqali o‘z rizoligingizni bildirib turing.
Haftada bir yoki ikki marta oilaviy maslahat va suhbat uchun kechki taomni oila davrasida tanavvul qilish.
Har kuni 1-3 daqiqa bolaga to‘liq quloq solish, quyidagi holatda: xoli, tinch joyda farzandga xohlagan gapini, chegara va qaydlarsiz gapirishiga ruxsat berib, quloq tutish.
Tasarruflar bilan farzandga bo‘lgan muhabbatni izhor qilish: boshning orqa tarafini silash – mehribonlik va shafqatni ifodalaydi, boshiga qo‘lni qo‘yish – faxrlanishni ifoda qiladi, qo‘lni peshonasiga qo‘yish – tinchlantiradi, qo‘lini tutish – ota-bola o‘rtasidagi aloqani kuchaytiradi, agar asabiy bo‘lsa, ko‘ksini silash bilan tinchlantiring…

Foziljon Abdulqayyum tarjimasi 

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA