Doktor Toriq al-Habibiy - Farzand tarbiyasidagi xatolarning oqibatlari

Главные вкладки

Farzand tarbiyasidagi xatolarning oqibatlari:

Farzandingiz ko‘p yolg‘on gapiradimi?

Demak, siz uni haddan tashqari qattiq hisob-kitob qilib, tergaysiz.

Farzandingiz o‘ziga ishonmaydimi?

Demak, siz uni shijoatlantirmas ekansiz.

Farzandingiz so‘zlashishni bilmaydimi?

Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz.

Farzandingiz o‘g‘irlik qiladimi?

Demak, siz unga sovg‘alar, hadyalar bermas ekansiz.

Farzandingiz qo‘rqoqmi?

Demak, siz uni ko‘p himoya qilar ekansiz.

Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmaydimi?

Demak, siz u bilan baland ovozda gaplashar ekansiz.

Farzandingiz doim darg‘azabmi?

Demak, siz uni maqtab turmas ekansiz

Farzandingiz baxilmi?

Demak, siz u bilan sherik, hamkor bo‘lmas ekansiz.

Farzandingiz boshqalarga zulm qiladimi?

Demak, siz ham qo‘pol ekansiz

Farzandingizning shaxsiyati zaifmi?

Demak, siz doim do‘q-po‘pisa bilan muomala qilar ekansiz.

Farzandingiz jonsarakmi?

Demak, siz hadeb muhlat qo‘yaverar ekansiz.

Farzandingiz sizdan o‘zini olib qochadimi?

 Demak, siz uni bag‘ringga bosib, quchmas ekansiz.

Farzandingiz sizga itoat qilmaydimi?

Demak, siz talabni juda kuchaytirib yuborar ekansiz.

Farzandingiz boshqalarga aralashmaydigan odamovi bo‘lib qolganmi?

Demak, siz ishga haddan tashqari band ekansiz.

Doktor Toriq al-Habibiy