Dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qo'yilgan talablar

Главные вкладки

Dars ishlanmasi va uning tuzilmasi. Dars ishlanmasini yaratish boʻyicha uslubiy tavsiyalar.

Dars  ishlanmasi  (reja-konspekt)  -  oʻqituvchi  uchun  tuzish  majburiy boʻlgan hujjat. Dars ishlanmasi – oʻqituvchi ijodkorligini aniqlovchi omil. Dars  rejasi  -  darsni  pedagogik,  didaktik  va  uslubiy  jihatdan rejalashtiruvchi,  loyihalashtiruvchi  hujjat.  U  shunchaki  rahbariyatga koʻrsatish  uchun  tuzilmaydi.  Uni  tuzishdan  koʻzlangan  asosiy  maqsad oʻqituvchining bir soatlik darsdagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.