Can bilan could ning orasida qanday farq bor?

Assalomu Alaykum aziz do’stim. Demak siz bilan Ingliz tilini o’rganishda davom etamiz. Bugun sizga can va could fe’llarining farqi haqida homeenglish.ru saytining ma’lumotlariga tayangan holda tushuncha bermoqchiman.

Demak, modal can va could modal fe’llardir. Ular mustaqil fe’ls sifatida kela olmaydilar.
Ikkisi ham bir nechta vazifani bajaradilar. Vazifalaridan biri bu bir ishni qila olishlik, yoki qila olmaslik ma’nosini beradi.

Masalan:

Daisy can dance and sing really well. – Deyzi, juda yaxshi raqsga tusha oladi va kuylay oladi.
Tim could speak two languages when he was a child. – Tim kichkinalik vaqtida 2 ta tilda gapira olgan.
I can’t play chess. Can you teach me? – Men shahmat o’ynashni bilmayman. Meni o’rgata olasanmi?
He couldn’t possibly reach you. – U balkim siz bilan bog’lana olmagan.

Misollardan shuni tushunsa bo’ladiki – Can hozirgi zamonda ishlatilsa, Could o’tgan zamonda ishlatiladi.

Can’t inkor shakli qila olmaslik ma’nosini bildiradi. Lekin ba’zida uni biror bir jiddiy taqiqga nisbatan ham ishlatamiz.

Masalan:
You can’t use your mobile phone here. – Mobil telefon ishlatish bu yerda taqiqlanadi.

Ikkisining orasidagi katta farqqa qaramay, ular ba’zan bir ma’noda ham ishlatiladi. Ular iltimos yoki taklif va iltimos ma’nosini berganda bir hil ishlatiladilar. Buning isbotini misollarda ko’rib chiqaylik:
Can I make a phone call? – Maylimi telefon qilsam?
Could I come again, please? – Maylimi yana kelsam?
He can be right. – Balkim uning gapi to’g’ridir.
It could snow tonight. – Kechga qor yog’ishi mumkin.

Yuqoridagi gaplarda ikkala modal fe’llarni ham ishlatishimiz mumkin. Lekin could rasmiyroq yoki odobliroq manolarda ishlatiladi.

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA
Загрузка...