Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun diktantlar to'plami

Главные вкладки

1 – sinf diktantlar to’plami

 

 

Kitob

         Men kitob oldim. U qushlar haqida edi. Maza qilib o’qidim. Bu kitobni zokirga ham berdim. Zokir  o’qib, xursand bo’ldi.

(20 ta so’z)

Kutubxona

         Biz kutubxonaga a’zo bo’ldik. U yerda kitoblar ko’p. juma kuni kitob olishga boramiz. Kitoblarni yaxshi saqlaymiz. Man hayvonlar, qushlar haqidagi kitobni olaman.

(23 ta so’z)

Maktab

         Maktabimiz katta. U juda chiroyli, ozoda. Biz maktabimizni sevamiz.

(10 ta so’z)

2 – sinf diktantlar to’plami

Bahorda

         Havo bulut bo’ldi. Qattiq shamol turdi. Yirik yomg’ir tomchilari tusha boshladi. Kuchli momaqaldiroq bo’ldi. Ketma – ket chaqmoq chaqdi. Uning egri – bugri shakli yaqqol ko’rindi. Birozdan so’ng bulut tarqalib quyosh ko’rindi.  Bahorgi yomg’irdan so’ng, tabiat juda go’zal bo’ladi.

 

 

3sinf diktantlar to’plami

         Yaqinda onalarimiz bayrami bo’ladi. Biz bu bayramni yaxshi kutib olmoqchimiz. Har birimiz buvimizga, onamizga, opa – singillarimizga sovg’a tayyorlayapmiz. Men romolcha tikib qo’ydim. Singlim quticha yasayapti, akam sovg’a uchun albom tayyorlagan. Onamiz uchun gul o’stiryapmiz. Bayramgacha g’unchalari ochilsa kerak. Biz uni onamizga taqdim etamiz.

(45 ta so’z)

4sinf diktantlar to’plami

Chumolilar

         Erta tongda amakim bilan o’rmon sari yo’l oldik. Amakim yo’lda uchragan yosh nihollarni ehtiyotlab surib, yo’l ochib borardi.

         Chumolilar yashaydigan tepalikka yaqinlashdik. Durbinini olib, chumolilar uyasiga yaqinroq joydagi to’nkaga o’tirib, uni kuzata boshladi. Amakim beozor, hamjihat chumolilarni yaxshi ko’rganidan ularning uylarini qo’riqlab o’tirardi. Bunday paytda u kishidan chumolilar hayoti, kurashi va ular o’rtasidagi mehnat taqsimoti haqida ko’p narsalarni bilib oldim.

(61 ta so’z)