Bolani maktabga yubormaslik jazosi

Главные вкладки

Bolani maktabga yubormaslik uchun jazo.

Bolalarni majburiy ta’lim olishga to’sqinlik qilayotgan ota-onalar diqqatiga!

bolani maktabga yubormaslik

O’zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 47-moddasida bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik haqida so’z yuritilgan.
47-moddaning dastlabki ko’rinishi shunday edi:

Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

47-modda O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi O’RQ-459-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to’ldirilgan. Bunga ko’ra:

Bolalarning majburiy umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to’sqinlik qilish —
eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Vatan haqida sherlar

Vatan haqida sher

 

Bugungi kunda ba’zaviy hisoblash miqdori 223 so’m ekanini inobatga oladigan bo’lsak, bolalarni majburiy ta’lim olishga ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to’sqinlik qilish 1150000 (bir million bir yuz ellik ming) dan 2300000 (ikki million uch yuz ming) gacha jarima solishga sabab bo’ladi.