Big va large ning farqi

Главные вкладки

Xo’sh big va largening o’rtasida qanday farq bor? Bugun siz bilan shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Agar lo’g’atga qarasak big va largening tarjimasi "katta” deb keladi. Ikkisi bir biriga sinonim, lekin doim ham bir birini o’rniga ishlatilmaydi. Keling misolni ko’rib chiqaylik:

She lives in a big/large house with three balconies – u (qiz bola) 3 ayvonlik uyda turadi.

Lekin, big so’zi ko’proq tushunchali iboradir large ga qaragandi. Largeni esa ko’rish va ushlab ko’rish mumkin bo’lgan obyekt va predmetlar bilan ishlatgan ma’qul. Big so’zi ham ko’rib ham ushlab va ko’rib bo’lmaydigan ya’ni mavhum obyekt va predmetlar bilan ishlatiladi. Misollarni ko’rib chiqamiz:

Bring me that large (big) book. – Menga ana u katta kitobni olib keling.
It’s a big mistake to trust him. – Unga ishonish katta xatodir.
Our house has a large (big) garden. – Bizning uyimizda katta bog’ bor.
He is in big trouble indeed. – Он, на самом деле, в большой беде. U aslida katta muammoda.

Esda tutish lozimki, big so’zi sanalmaydigan mavhum tushunchalar bilan ishlatiladi. Masalan "big respect” deb aytib bo’lmaydi. Yana shuni aytish lozimki, big norasmiy ko’rinishga egadir. Bu so’z bilan ishlatiladigan so’zlashuv iboralari mavjud. Ular esa o’z navbatida xat yozishda ishlatilmaydi. Misollarni ko’rib chiqamiz:

He is a big boss, you know. He earns bigmoney. – O’z o’zini katta raxbardek ko’radi. U ko’p pul ishlab topadi.

Agar large so’zi "katta” ma’nosida ishlatilsa, big so’zi "muhim, yoshi katta va yirik” ma’nolarida ishlatiladi.

She’s got a large family. – Uning katta oilasi bor.
They participate in a big event. – Ular muhim hodisada qatnashishadi.
He is a big boy. – U katta bola.

Bugungi kunda big ko’pgina katta kompaniyar tomonidan brend yoki belgi yaratishda ishlatilib kelinmoqda. Yana u mashxur binolarning nomida ishlatiladi.

Masalan:
Big Mac, Big Ben,Big Bang Theory, etc.