Aydarko’l (Haydarko’l) haqida biz bilmagan 6 ma'lumot (Fransiyalik sayoh so’zlaridan)

Shu yilning yoz faslida Aydarko’l ko’lida bo’lib qaytgan fransiyalik sayyoh qiz bilan suhbatlashayotganimda, u ko’l haqida ayrim ma’lumotlarni aytib meni hayratda qoldirdi. Rosti, ahvolimdan o’zim biroz uyaldim. Sababi o’zim shu ko’l yonida yashab, hali bu joy haqida buncha ko’p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lmaganman. Shu sababli Aydarko’l haqida ko’proq ma’lumotlarni qidirib vikipediaga murojaat qildim. Shu ma’lumotlarni bugun sizlar bilan bo’lishish niyatidaman va ular sizni ham qiziqtirib qo’yadi degan umiddaman

1 - ma'lumot. Aydarko’l  aslida bitta ko’l emas. U 3 ta ko’ldan tashkil topgan (Tuzkon va Arnasoy ko’llari bilan tutashgan) va 1960 yillar atrofida tashkil topgan. Uning paydo bo’lishiga sabab Janubiy Qozog’istonning Chordara suv omboridan oqib kelgan ortiqcha suvdir. Ko’l Navoiy va Jizzax viloyatlari hududida joylashgan.

2 - ma'lumot. Ko’lning so’vi biz o’ylaganimizdek toza emas. Suvning tarkibida turli xil zaxarli, kimyoviy moddalar mavjud. Zaxarli moddalar suvga qanday tushgan deysizmi? Aydarko’l ko’liga Jizzax va Navoiy viloyatlarining paxta maydonlari “sbros” laridan chiqayotgan chiqindi suvlar aynan Aydarko’lga borib qo’yiladi. Dalalarda paxta, bo’g’doy va boshqa o’simliklar uchun qo’lllanilayotgan insectisid, gerbisid, erbisid kabi zaxarli moddalar dala suvga qo’shilib dala chetidagi “sbros” larga borib qo’yiladi.

3 - ma'lumot. Aydarko’lda baliqchilik anchagina rivojlangan.

4 - ma'lumot. Aydarko’l sohillarida sayyohlar uchun kempinglar mavjud. Lekin kempinglar faqatgina Navoiy viloyatida qurilgan. Jizzax viloyatida dam olish uchun deyarli joy yo’q.

5 - ma'lumot. Aydarko’lda juda ham ko’p kichik orolchalar mavjud.

6 - ma'lumot. Ko’l yildan yilga kengayib borayapti. Sababi esa Qozog’istonning Chordara suv omboridan ortiqcha suv Aydarko’lga yuborilayapti. Bu esa o’z – o’zidan toshqin xavfi tug’ilishiga olib kelayapti. 2005 – yilning fevral oyida shunday vaziyat yuzaga kelgan. Toshqinlarning oldini olish maqsadida Aydarko’lda to’g’on qurilgan.  

 

 

 

Comments

U joylar juda qadrli man uchun Bahorda ayniqsa juda chroyli boladi

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA