Avvaldan bilganimda... (Ibratli hikoya)

Главные вкладки

Avvaldan bilganimda...

Kaliforniya universiteti Matematika bo‘limi talabasi Jorj Dansig hikoya qiladi: «Har galgidek sinfga kirdim va doskaga yozilgan ikkita misolni uy vazifasi deb o‘ylab daftarimga ko‘chirdim. O‘sha oqshom bosh qotirib o‘tirarkanman, bu misollar professorning bugungacha bergan topshiriqlari ichida eng qiyini ekanini ko‘rdim. Har kecha ikki misol ustida soatlab ishlayverdim. Bir oqshom miyamda xuddi chaqmoq chaqqandek bo‘ldi. Misollarning javobini topgandim! Ertasiga yechimlarni olib borib, professorning stoliga qo‘ydim. U yerda qog‘ozlar shunchalik ko‘p ediki, mening javoblarim ular orasida yo‘q bo‘lib ketsa, hayratlanmasdim.

 

Oradan olti hafta o‘tdi. Dam olish kuni eshigimning qattiq taqillashidan cho‘chib uyg‘ondim. Yugurib borib ochdim. Ostonada professor turar, hayajonlangancha: “Jorj! Jorj!” deb baqirardi. “Masalani yechibsan!” dedi professor. “Yechmasligim kerakmidi?” hayronlik bilan so‘radim. Biroz nafasini rostlab olgan professor tushuntirib berdi. Aytishicha, o‘sha kuni men doskadan ko‘chirib olgan ikkita misol uy vazifasi bo‘lmagan. Dunyoning peshqadam matematiklari bugungacha javob topolmagan mashhur masala ekan. Bir necha kun ichida ikkoviga ham yechim topganimga hanuz ishonolmasdi. O‘zim ham hayratda edim. Agar o‘sha paytda kimdir menga bu misollar yechimi topilmayotgan eng qiyin matematik muammo ekanini aytganida, balki, ularga javob topishga urinmasdim ham».