Astred Lindgred: Bolangizni jazolaganda ehtiyot bo'ling!

Главные вкладки

Mashhur bolalar yozuvchisi Astred Lindgredning fikricha, dunyodagi vahshiylik bolalar xonasida boshlanar ekan.

 1979 yilda Astred Lingredning bir nutqidan so‘ng Shvetsiya birinchi bo‘lib bolalarni oilada urish mumkin emasligi haqida qonun chiqaradi.

 Astred Lingred o‘z nutqida quyidagi hikoyani so‘zlab beradi:

 Bir ona hech qachon farzandini urmaslikka o‘ziga va’da beradi. Lekin shunga qaramay, bir kuni o‘g‘lining bir nojo‘ya harakati tufayli uni jazolamoqchi bo‘ladi. U davrlarda bolani chiviq bilan urish keng tarqalgan jazo turi edi. Shunda ona o‘z farzandiga borib ko‘chadan bir nechta chiviq olib kelishini buyurgan. U chiviq bilan urib uni jazolashini bolasiga aytgan. Bola uzoq vaqtga yo‘q bo‘lib ketib, birozdan so‘ng ko‘zi yoshdan ishib ketib kelgan. Faqat qo‘lida chiviq emas kattagina tosh bo‘lgan. Onasi hayron bo‘lib, toshga qarasa, bola unga yig‘lab: «Chiviq topa olmadim, lekin meni jazolash uchun shu toshni topib keldim, uni menga otsangiz bo‘ladi», degan.

 Shunda ona ushbu holatga bolaning ko‘zi bilan qaragan. «Onam menga og‘riq keltirmoqchi bo‘lsa, nima farqi bor, qanday yo‘l bilan unga erishadi, chiviq bilan uradimi yoki menga tosh otadimi…» Shunda ona yig‘lab yuboradi. Kim bolasiga tosh ota olarkan…unda chiviq bilan urishning undan nima farqi bor?

 Hech qachon jismoniy jazo bolani to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi. Chunki bola bu jazoga qanday qarashini biz ota-onalar bilmaymiz. Bola yomon ish qilib qo‘ygani uchun uni jazolashyapti, esida qolishi uchun uni urishmoqdaligini tushunmaydi. U uni himoya qiladigan, sevadigan va u ishongan inson-ona unga og‘riq keltirayotganini his eta oladi, xolos.

 Shuning uchun Astred Lingred vahshiylik aynan bolalar xonasida boshlanadi deb ta’kidlagan. Chunki bola uchun eng qadrli inson – onasi unga og‘riq keltirib, buni har xil gaplar bilan tag‘in oqlab turayotgan bo‘lsa, u holda boshqalardan nima kutsa bo‘ladi, boshqalarga nimani ravo ko‘rsa bo‘ladi?

Axir dunyodagi vahshiyliklar ham doimo har xil oqlovlar bilan amalga oshirilmaydimi?

 

www.tafakkur.uz dan olindi