"Ahmoq qilish kuni" o'rniga "Haqiqat kuni"

Nimaga Yolg’onchilar yoki hazil kuni 1-aprel nishonlanadiyu, lekin haqiqatparvarlar kuni, rostlik kuni, vijdon kuni kabi kunlar nishonlanmaydi?

Hech shu haqda o’ylab ko’rganmisiz? Mazkur mavzuni haqida so’z ochimga sababchi hurmatli ustoz Abdulaziz domla bo’ladilar. Bir kuni u kishi shu haqda gap ochib qoldilar.

Rostdanda, nega dunyoda nishonlanib kelinayotgan bayramlarning orasida bachkanalik, yengillik va yolg’onni targ’ib qilib kelinayotganlarini nishonlaymiz? Nega ularning o’rniga mardlik, rostgo’ylik, or-nomusni targ’ib qiladigan ayyomlarni nishonlamaymiz?

Masalan 1-Aprel kunini o’rniga – Rostgo’ylik va sahiylik kuni, 14-Fevral kunini do’stlik va mehr – oqibat kuni deb nishonlasak maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylayman.

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA