"8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami" tadbir ssenariysi

Главные вкладки

 

Onalarning oyog`i ostidadir,

Ravzai jannatu jinon bohi

Ravza bog`in visolin istar esang,

Bo`l onaning oyog`i tufrog`i.

A. Navoiy.

 8 mart Xalqaroxotin-qizlar bayrami

 

Jannat Onalarning oyog`i ostidadir,

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.

8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi.

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

Chindan ham, ayolllarimizning oilada tutgan o`rni beqiyos. Oqila, go`zal ayollar o`zlarining g`amxo`rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug` donishmandlar Vatanga eng munosib ta'rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma'no bor. Dunyoda "muqaddas" degan so`zga eng munosib zot ham - Onadir.

Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo`lamiz.

O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek:

Bu yorug` olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom

 To'liq holda ko'chirish:

Yuklab olish