6-11 sinf o'quvchilari uchun insholar tanlovi

Primary tabs

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi YUNISEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Nima deb oʻylaysiz..?“ rukni ostida insholar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad karantin davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularga ijodiy qobiliyati va amaliy koʻnikmalarini namoyish etish imkonini berish hamda ularning oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilish savodxonligini oshirishdan iborat. Eng asosiysi, yosh isteʼdodlarni izlab topish hisoblanadi.

Tanlovda umumtaʼlim maktablarning 6-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy.

Tanlovga oʻzbek va rus tillarida yozilgan insholar qabul qilinadi.

Tanlov davomida sinflar quyidagi koʻrinishda guruhlarga ajratiladi va har bir guruhda 1-2 va 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi:

1-guruh – 6-7-sinf oʻquvchilari;

2-guruh – 8-9-sinf oʻquvchilari;

3-guruh – 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tanlov gʻoliblari uchun quyidagi mukofotlar beriladi:

-oʻrin uchun ­– Planshet (3 nafar birinchi oʻrin);

-oʻrin uchun ­– Elektron kitob (3 nafar ikkinchi oʻrin);

-oʻrin uchun ­– Smart-soat (3 nafar uchinchi oʻrin).

Shuningdek, ijodiy ishlar uchun belgilangan quyidagi talablarga rioya qilishingiz lozim:

1.Maksimal ish hajmi ­– 800 ta soʻzdan oshmasligi lozim (titul sahifadan tashqari).

2. Ijodiy ishning birinchi sahifasi (titul sahifasi)da sarlavha, muallifning toʻliq F.I.Sh, maktabi va sinfi koʻrsatilishi lozim (titul sahifasi namunasidan foydalaning).

3. Tanlovda ishtirok etish uchun insholar kompyuterda tahrir qilingan shaklda (MS Word, PDF) yoki qoʻlyozma shaklida (PDF) yuborilishi lozim.

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi taʼtil davri tugagandan keyin amalga oshiriladi.

Insholar joriy yilning 20-apreliga qadar qabul qilinadi!

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirishingiz va inshoni essay@tdi.uz elektron pochta manziliga joʻnatishingiz lozim. Roʻyxatdan oʻtmagan ishtirokchilarning insholari qabul qilinmaydi.

Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/SWAN2DWKoAhGRWGW8

Comments

Kitob-misoli xazina. Reja: 1.Kitob tafakkur xazinasi. 2.Qalb gavharimiz-kitob. 3.Kitob sevar yoshlar-mamlakat kelajagi.

insho

insho

Tabiat- tugab , bitmas xazina

Reja: 1.kasblar olamining siri 2. Yurtimizda bo'layotgan voqealarga qaysi kasb egalarining nafi tegmoqda? 3.Kelajakda har bir kasbning xizmati 4.Men tanlagan kasb

Izoh qoldiring

CAPTCHA
This question is for testing whether or not you are a human visitor and to prevent automated spam submissions.