Sinf rahbarlari uchun «Tarbiyaviy soat» rejalari

Mazkur sahifada bugungi kunda
sinf rahbarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika
Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida "Tarbiyaviy
soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi. Sahifa so‘ngida
tarbiyaviy soat rejalarini yuklab olishingiz mumkin.

Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus,
mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan
kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi.

Islom Karimov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi
"Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartiga o‘zgartirishlar
kiritish haqida” 130-sonli qarori asosida o‘quv rejada o‘quv yuklama 5 %
ga qisqartirildi. SHu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta
ko‘rib chiqilib, integratsiyalashgan holda amalga oshirilishi
belgilandi. Sinf rahbari o‘ziga berilgan sinf uchun tayanch va
ma’suldir. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi
vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug‘iga 2-ilova: Ta’lim
muassasalari sinf rahbari to‘g‘risida Nizom asosida tashkil etiladi.

Sinf rahbari – Ta’lim muassasasining tarbiyaviy
tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan sinf
o‘quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini
tashkil etadi.

Umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan
"Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda
tarbiyaviy-axloqiy hislatlarini shakllantirish va mustahkamlash
maqsadida, donolar hikmatlari va milliy qadriyatlarimizga hurmat,
bolalar huquqlari, tabiatni asrash, so‘zlashuv va muomala odobi, kitobni
sevish, yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar
va fan oyliklarini o‘tkazishda nimalarga e’tibor berish bilan bir
qatorda, kasb tanlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, maqsad bitiruvchilarni
kasb tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilishga undaydi.

Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:

Kun shiori:

  1. Kirish;
  2. Asosiy qism: ma’ruza, guruhlar ishi;

III. Yakuniy qism.

Sinf soatida foydalanish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir
adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra
suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda
tashkil etilishi mumkin.

Beruniyning ma’rifiy qarashlari

Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim
nuqsonlarni anglatish zarur deb hisobladi: Va u quyidagi fikrlarni bayon
qildi: "Odamlar o‘rgangan, odatlangan va ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan
narsaga qarshilik ko‘rsatmasdan o‘rganish kerak”. YAxshi xulqlar
yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim.
Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlik, chaqimchilik, besabrlik, nafs
balosi, yolg‘onchilik va boshqalar.

Abu Ali Ibn Sino tarbiya haqida

Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o‘rin
ajratgan. Uning fikricha: "Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan
qanchalik etuk bo‘lsa ham, undagi bilim axloq normalariga mos bo‘lmasa, u
kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi bo‘la olmaydi”. Olim axloqiylik
ko‘proq vatanparvarlikda o‘z aksini topadi deb tushungan. Ibn Sino
Ona-Vatani Turonni Hind, Eron va CHin kabi yirik davlatlardan ortiq
hisoblab, unga xizmat qilishni o‘z burchi deb bilgan. Vatanning fani,
madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan.

Abu Nasr Forobiy tarbiya haqida

Tarbiya jarayoni, tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil
etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilishi
lozim, chunki "har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o‘zicha bila
olmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim.

YUsuf Xos Hojib tarbiya haqida

"Daraxtning etukligi uning mevasi bilan bo‘lganidek, insonning barcha
xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi”. YUsuf Xos Hojib ota-onalarni
bola tarbiyasiga e’tibor berishga da’vat etar ekan, jamiyat farzandlar
xulq-atvoriga qarab ota-onalarga baho berishini aytib, ularni
ogohlantiradi.

Mirzo Ulug‘bek mehnat tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning
madrasasida o‘qigan shogirdlar bu erdagi har bir tadbirda, binoni
tozalash, ko‘kalamzorlash va boshqa ishlarda faol ishtirok etadilar.

Alisher Navoiy tarbiya haqida

Alisher Navoiy o‘qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi
kishigina deb bilmay, balki usta tarbiyachi ham bo‘lishi kerak, deb
hisoblardi. U ilm bilan odobning birga olib borilishini va o‘qitish
jarayyonida odob berilishini ta’kidlab o‘tadi.

Abdulla Avloniy tarbiya haqida

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi
masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa,
bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatlariga
alohida e’tibor beradi.

1 – sinf raxbarlari uchun tarbiyaviy soat rejasi

Comments

izlagan ma'lumotni topa olmadim

tarbiyaviy soat fanidan sarishta xonadon mavzusida referat

Nima uchun 9-sinf tarbiyaviy soati qo'yilgan sayt ishlamayabdi:

Juda yaxshi ishlangan

yaxshi

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA