Men haqimda qisqacha

MenSadikov Nasim Xusanboyevich. 1982 yil 13 iyun kuni Jizzax shahrida tavallud topdim.

1989-2010 yillar Jizzax shahridagi Umid IDUMI da tahsil oldim

2001 – 2005 yillar Jizzax Davlat Pedagogika Institutining xorijiy tillar fakulteti ingliz tili bo’limida tahsil oldim.

2005 – 2007 yillarda Jizzax shahri Umid IDUMIda Informatika va Ingliz tilio’qituvchisi bo’lib ishladim.

2011 – 2012 yillarda Jizzax shahar JDPI qoshidagi 2-son Akademik litseyda o’qituvchibo’lib ishladim.

2012 – hozirgi kunda Umid IDUMIda Ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqdaman

2011 – 2014 yillarda bir nechta xorij davlatlarida malaka oshirib qaytdim

Davlat mukofotlari – yo’q.

Erishgan yutuqlari:

  • "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2016” ko‘rik-tanlovining "Eng yaxshi o'qituvchi veb sayti" nominatsiyasida I - o'rin
  • Davlat Test Markazi tomonidan "Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo'yicha test sinovidan o'tganlik haqida ma'lumotnoma"

Partiyaviyligi – yo’q

Kasbiy mahorat/malaka

  • Britaniya kengashi – «Sinf xona uchun texnologiya» onlayn kursi. 2012 yil Mart – Aprel.
  • Britaniya kengashi – «Shaxsiy kompyuterni ishlatish bo’yicha trenerlik loyihasi sertifikati». Toshkent shahri 2012 yil Fevral oyi.
  • Ingliz tili o’qituvchilari assotsiyatsiyasi (UzTEA)ning xalqaro konferensiyalarida bir necha bor qatnashchi 2012 – 2014
  • Oregon Universiteti, AQSH. AQSHning Toshkentdagi Elchixonasi. «O’qituvchilarning malakasini internet orqali rivojlantirish» onlayn kursi. 2013 yil Yanvar – Mart
  • NIMSME, Hindiston. Ingliz tilida muloqot va turizm va iltifot boshqaruvi kursi. Malaka oshirish. 2013 yil Avgust – Oktabr.
  • A. Avloniy nomidagi XTXQTMOMI. O’qituvchilarga trenerlik kursi. 2013 Aprel – May.

Chop etilgan maqolalar:

  • Jizzax ovozi gazetasida "Farzandlarimizga kitob o'qishni o'rgataylik" maqolasi
  • Yangi avlod oynomasida "Olti jumla sehri" maqolasi
  • Yangi avlod oynomasida "So'z yodlash qiyin emas" maqolasi
  • Yangi avlod oynomasida "Big va large"
  • Молодёжь и общество навстречу к друг другу. Конрад Аденауэр "Yoshlar va ta'lim"